Local v5.1.8 — do'kon kassasi

Kassa endi cho'ntagingizda

Aura Retail Local — sotuvchi uchun yaratilgan kassa ilovasi. Internet bo'lmasa ham ishlaydi, QR bilan mahsulot topadi, chekni printerga yoki ekranga chiqaradi. Kioskdan yirik do'kongacha — hamma joyda ishlatish mumkin.

check_circle Hajmi 64.3 MB check_circle Android 11+ check_circle Yangilanish: majburiy
12:30100%
Xayrli kun!Aziz Karimov
AK
Chilonzor Do'koni3 ta filial
Bugungi savdo
3 450 000 so'm
qr_code_scannerSkaner
add_shopping_cartSotuv
printChek
crop_free
Non Oq Non 1-sort1 × 5 000 so'm
local_cafe
Qora choy paket2 × 9 000 so'm
egg_alt
Tuxum (10 dona)1 × 14 000 so'm
water_drop
Mineral suv 1L3 × 6 000 so'm
Jami: 56 000 so'm
widgets Imkoniyatlar

Kassir uchun kerak bo'lgan hammasi

Kun bo'yi ishlaydigan soddalik — hamma funksiya 2-3 bosishda yetib boradi.

qr_code_scanner

QR skaner

Har mahsulotga QR stiker bosib qo'ying — skaner orqali 0,5 soniyada topiladi. Qidirish, terish va xatolar yo'qoladi.

print

Chek printeri

58mm va 80mm Bluetooth/USB printerlar bilan ishlaydi. Chek dizayni, logotip va o'lchamni sozlash mumkin.

  • check Chek nusxasi avtomatik
  • check QR bilan to'lov havolasi
swap_vert

Qaytarish

Xaridor chekni qaytarsa — bir bosishda rasmiylashtiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar omborga qaytadi.

inventory_2

Mahsulot bazasi

Cheksiz miqdorda mahsulot, kategoriya, o'lchov birligi, narx belgilash. CSV orqali tezkor import/eksport.

  • check Hierarchical ID
  • check CSV import/eksport
bar_chart

Smena hisoboti

Har kassir o'z smenasini ko'radi: nechta chek, qancha naqd, qancha karta orqali to'lov. Kun yopilganda yakuniy hisobot.

sell

Chegirmalar

Foiz yoki summada chegirma, mahsulot bo'yicha maxsus narx kunlari, doimiy mijozlarga alohida narx.

verified_user

PIN himoyasi

Sotuvni boshlash, qaytarish va sozlamalar uchun PIN kod. Xodim alohida akkaunt bilan kiradi.

sync

Sinxronlash

Barcha ma'lumotlar server bilan avtomatik sinxronlanadi — Global ilova orqali istalgan joydan kuzating.

wifi_off Offline rejim

Internet uzilsa — savdo to'xtamaydi

Bozorlar, kiosklar va chekka hududlarda internet ko'pincha yo'qoladi. Local bunday paytda ham ishlaydi: barcha sotuvlar telefon xotirasiga yoziladi, internet tiklanishi bilan serverga avtomatik yuklanadi. Siz hech narsani yo'qotmaysiz.

  • check_circle Chek va sotuv offline to'liq ishlaydi
  • check_circle Navbatdagi operatsiyalar avtomatik yuboriladi
  • check_circle Zaxira nusxalar muntazam olinadi
cloud_off

Offline navbat qanday ishlaydi?

Har bir sotuv local navbatga yoziladi (telefon xotirasi). Internet paydo bo'lgach:

1

Navbatda saqlash

Sotuvlar 100% telefon xotirasida

2

Ulanish tiklanishi

Wi-Fi yoki mobil internet qaytadi

3

Avtomatik yuklash

Barchasi serverga sinxronlanadi

settings Sozlamalar

O'z do'koningizga moslashtiring

Mavzu, Bluetooth printer, valyuta, chek dizayni — hammasi sizning ixtiyoringizda.

palette

Yorug' va tungi mavzular

Qurilma rejimiga moslashadigan yorug' va tungi mavzular — do'konda uzoq ishlashda ko'zni charchatmaydi.

currency_exchange

Valyuta va format

so'm, dollar yoki boshqa valyutalar. Narx formatini o'z didingizga moslang.

receipt_long

Chek dizayni va Printer

Bluetooth printer tanlash, do'kon nomi, manzili, JAMI va to'lov turi bilan chek chop etish.

people

Xodimlar sozlamasi

Har xodim uchun PIN, huquq darajasi va o'z hisoboti. Xodimni o'chirish — bir bosish.

backup

Zaxira nusxa & Auto-Backup

Ma'lumotlar avtomatik `filesDir`da saqlanadi va zaxiralanadi. Kerak bo'lsa — .arl/.bakup qo'lda ham tiklash mumkin.

update

Avtomatik yangilanish

Ilova ishga tushganda yangi versiya avtomatik tekshiriladi. Majburiy yangilanishlarda eski versiya bloklanadi.

volunteer_activism

Local — doim bepul

Kassa funksiyalari hech qachon pullik bo'lmaydi. Bepul reja cheklangan vaqtga emas — doimiy ishlaydi.

  • check 1 ta filial
  • check 500 ta mahsulot
  • check QR skaner + printer
  • check Kunlik hisobotlar
volunteer_activism Bepul boshlang

Bepul reja — cheksiz muddat

Karta raqami yo'q, yashirin to'lovlar yo'q. Do'koningiz o'sgan sari obuna rejalari bilan filial, mahsulot va arxiv hajmini kengaytirishingiz mumkin.

download Local 5.1.8 yuklab olish
balance Taqqoslash

Aura Retail va 1C Kassa apparatlari solishtiruvi

Nima uchun zamonaviy do'kon egalari an'anaviy 1C kassa tizimlaridan Aura Retail ga o'tmoqda? Bizning va ularning yaxshi hamda yomon tomonlari.

BIZNING TIZIM bolt

Aura Retail Local POS

Kichik va o'rta savdo nuqtalari, do'konlar hamda kiosklarga mo'ljallangan mobil va 100% bepul POS tizimi.

thumb_up Yaxshi tomonlari (Afzalliklari):

  • check_circle100% Bepul va avtonom: Yashirin oylik obuna yoki litsenziya to'lovlarisiz ishlaydi.
  • check_circleHar qanday Android qurilmada: Qimmat kompyuter va Windows server shart emas (Android 11+ telefon/planshet).
  • check_circle100% Internetsiz offline: Internet o'chganda ham kassa va sotuv to'xtamaydi, ma'lumotlar qurilmada xavfsiz saqlanadi.
  • check_circle5 minutda o'rganish: Murakkab sozlamalarsiz, sotuvchi birinchi daqiqadanoq kassa chekini chiqara oladi.

info Cheklovlari (Yomon tomonlari):

  • remove_circle_outline Sanoat miqyosidagi yirik zavodlar va chuqur buxgalteriya balansi uchun mo'ljallanmagan (savdo va POSga ixtisoslashgan).
ULARNING TIZIMI desktop_windows

1C Kassa va Buxgalteriya

An'anaviy Windows kompyuterlarida ishlaydigan murakkab buxgalteriya va kassa dasturi.

thumb_up Yaxshi tomonlari (Afzalliklari):

  • check_circleChuqur buxgalteriya audit: Yirik korxonalar va rasmiy soliq hisobotlari uchun standart.
  • check_circleKeng qamrovli konfigratsiyalar: Zavod va ulgurji omborlar uchun ko'plab modullarga ega.

thumb_down Yomon tomonlari (Kamchiliklari):

  • cancelJuda qimmat: Litsenziya, Windows kompyuter, server hamda 1C mutaxassisiga doimiy pul to'lash kerak.
  • cancelMurakkab interfeys: Kassirlar uchun o'rganish o'ta og'ir va kassa sotuv tezligini sekinlashtiradi.
  • cancelDoimiy texnik bog'liqlik: Kichik nosozlik bo'lsa ham chaqiruvchi 1C dasturchisi kelmaguncha kassa to'xtab qoladi.
  • cancelHarakatchan emas: Telefon yoki planshetda ishlatib bo'lmaydi, faqat stolda turuvchi og'ir kompyuterga bog'langan.
help FAQ

Local haqida savollar

Bitta telefonda nechta do'kon bo'lishi mumkin?expand_more
Bitta akkauntda bir nechta do'kon yaratish mumkin, ammo bir vaqtda bittasida ishlash tavsiya etiladi. Har do'kon uchun alohida filial va mahsulot bazasi saqlanadi.
Qanday printerlar mos keladi?expand_more
58mm (chaqmoq) va 80mm termal printerlar: Bluetooth yoki USB ulanishli deyarli barcha modellar ishlaydi (Xprinter, Zjiang, Rongta va h.k.).
Mahsulotlarni qanday qo'shish mumkin?expand_more
Uch usul bor: qo'lda qo'shish, QR stiker bosish va CSV fayl orqali import. 1C/Excel jadvallari bilan ham mos keladi.
Hisobotlarni ko'rish uchun kompyuter kerakmi?expand_more
Yo'q — hamma hisobotlar telefonda. Direktor bo'lsangiz, Global ilova orqali barcha filiallaringizni bitta joydan ko'rasiz.
Yangilanish majburiy bo'lsa nima qilamiz?expand_more
Ilova yangi versiyani topib, yuklab olishni taklif qiladi. Majburiy yangilanishda eski versiya xavfsizlik uchun bloklanadi — yangi versiya doim bepul.

Do'koningiz uchun local kassani o'rnating

Yuklab oling, 5 daqiqada sozlang va birinchi chekingizni chiqaring. Bepul, cheksiz muddatga.

android Local APK yuklab olish Global haqida