help FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Javobni topa olmasangiz — yordam sahifasidan so'rang, tez javob beramiz.

update Oxirgi yangilanish: 2026-08-01
Aura Retail Local bepulmi? Yashirin to'lovlar bormi?expand_more
Ha, Aura Retail Local ilovasi to'liq bepul va hech qanday yashirin to'lovlar, oylik obunalar yoki cheklovlarsiz ishlaydi.
Ilova internet bo'lmasa ham ishlaydimi?expand_more
Ha, ilova to'liq offline ishlashga mo'ljallangan. Barcha mahsulotlar, savdolar va moliyaviy ma'lumotlar qurilmangizning ichki bazasida saqlanadi.
Ma'lumotlarim xavfsizligiga qanday kafolat beriladi?expand_more
Sizning ma'lumotlaringiz hech qanday serverlarga uzatilmadi. Ular faqat sizning telefoningizda saqlanadi va to'liq sizning nazoratingizda bo'ladi.
Zaxira nusxani (Backup) qanday yaratish mumkin?expand_more
Sozlamalar -> Saqlash bo'limiga kirib 'Zaxira nusxa yaratish' tugmasini bosing. Faylni telefoningizda yoki SD kartada saqlashingiz va istalgan vaqtda qayta tiklashingiz mumkin.
Qanday qilib yangi mahsulot qo'shaman?expand_more
Mahsulotlar bo'limidagi '+' tugmasini bosing. Mahsulot nomi, narxlari, miqdori va birligini kiritib saqlashingiz mumkin. Shuningdek, shtrix-kod skaneri va 10+ turdagi yangi ikonkalardan foydalanishingiz mumkin.
Mahsulotlarga variantlar qo'shish mumkinmi?expand_more
Ha, mahsulot qo'shish oynasida 'Variantlar' tugmasini yoqib, turli hajm, og'irlik yoki o'lchamdagi variantlarni kiritishingiz mumkin.
Valyuta almashtirish qanday ishlaydi?expand_more
Do'kon sozlamalaridan valyutani UZS, USD yoki RUB ga o'zgartirishingiz mumkin. Markaziy Bank kurslari bo'yicha avtomatik yoki qo'lda kurs belgilash imkoniyati mavjud.
Nega ilovada rus, ingliz yoki kirill alifbosi tillari yo'q?expand_more
Ilova asosan o'zbeklar uchun ishlab chiqilgan va O'zbekistonda 92% odam tushunadigan formatda yozdik. Qolgan 8% foydalanuvchilarni ham o'ylashimiz kerak, lekin qo'shimcha tillar va shriftlar qo'shilsa ilova hajmi kattalashadi va qo'shimcha texnik muammolar yuzaga keladi. Shu sababli hozircha bu tillar mavjud emas.
Ilovani yangilash qanday amalga oshiriladi?expand_more
Ilova yangi versiyasi chiqqanda avtomatik ravishda bildirishnoma ko'rsatiladi va siz uni yuklab olib o'rnatishingiz mumkin. Ilova hozircha Play Marketda yo'qligi sababli, yangilanishlarni hyperteo.uz saytidan ham yuklab olishingiz mumkin.
Sotuv vaqtida maxsus narx qanday belgilanadi?expand_more
Savatda maxsulotni tanlaganingizdan so'ng, 'Maxsus narx' tugmachasini yoqib, xaridor bilan kelishilgan ixtiyoriy narxni kiritishingiz mumkin. Ammo bu narx mahsulot tannarxidan past bo'lsa, tizim sizni ogohlantiradi.
Yaroqsiz yoki brak mahsulotlarni qanday hisobdan chiqaraman?expand_more
Sotuv vaqtida mahsulot holatini 'brak' yoki 'yaroqsiz' qilib belgilasangiz, bu jarayon savdo sifatida emas, balki mahsulotni hisobdan chiqarish (spisaniya) sifatida qayd etiladi va foydadan chegirib tashlanadi.
Nega mahsulot ID raqamlari o'zgarib boryapti?expand_more
Mahsulotlaringiz aniq va tartibli bo'lishi uchun, har bir yangi qo'shilgan mahsulotga avtomatik ravishda navbatdagi ID raqami (masalan, 1, 2, 3...) biriktiriladi. Bu orqali bazadagi mahsulotlarni osongina farqlashingiz mumkin.
Nega Aura Retail Play Market'da yo'q?expand_more
Play Market'ga ilova joylash uchun Google 25$ (≈ 295 452 so'm) miqdorida bir martalik ro'yxatdan o'tish to'lovini talab qiladi. Bu summa topilgach, ilova albatta Play Market'ga joylanadi. Ungacha Aura Retail'ni rasmiy saytimiz (ar.hyperteo.uz) va Telegram kanalimizdan bepul yuklab olishingiz mumkin.
O'rnatayotganda Google 'Noma'lum ilova' deya ogohlantiryapti, nima qilish kerak?expand_more
Bu Google'ning Play Market'dan tashqarida o'rnatilayotgan ilovalar uchun standart ogohlantirishi. Ikkita xavfsiz yo'l bor: a) 'Tekshirish va o'rnatish' tugmasini bosib o'rnating (tavsiya etamiz); b) tezroq o'rnatish uchun 'Hali ham o'rnatish' tugmasini bosib, qurilma paroli bilan tasdiqlang. Aura Retail to'liq xavfsiz va sinovdan o'tgan.
Nega iOS (iPhone) uchun ilova yo'q?expand_more
Aura Retail — markazlashgan tizim bo'lib, hozirda bitta dasturchi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Android uchun 3 ta ilova (Local, Global, Membership) doimiy yangilanmoqda, sayt ham faol rivojlanmoqda. iOS qo'shilsa ish sekinlashadi, interfeys 2 xil bo'lib qoladi va texnologiya butunlay boshqacha bo'ladi. Shu sababli iOS'ga o'tishni ehtiyotkorlik bilan rejalashtirmoqdamiz.
iPhone (iOS) ishlatuvchilar nima qilishi mumkin?expand_more
Kelajakda iOS uchun maxsus web sahifa yaratilishi kutilmoqda. U orqali Global ilova kabi foydalanish mumkin bo'ladi — ba'zi funksiyalar biroz cheklangan bo'lsa-da, iPhone'da ham tizimdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Savolingizga javob topilmadimi?

Telegram orqali yozing — eng tez yo'l.

@KBRDev ga yozish Yordam sahifasi